Asosiy qismga o‘tish

Stretch plyonka ulgurji · Toshkentdagi ombordan

Cho‘ziladi 400% gacha Ushlaydi yukni mahkam

Palletlarni qo‘lda va mashinada o‘rash uchun yetti qatlamli stretch plyonka. Qalinligi 12 dan 30 mkm gacha, yukingizga qarab tanlab beramiz.

  • 1 kg 23 300 so‘mdan
  • Bepul namuna
  • Toshkentda ertasi kuni yetkazamiz

Bizga ishonishadi

  • 100+mijoz va hamkor
  • 2021yildan beri qadoqlash bozorida
  • 4turdagi plyonka omborda
  • Pepsi
  • Korzinka
  • Artel
  • Akfa Build
  • Chortoq
  • Family Water
  • Texnopark
  • Sherin
  • Crafers
  • Ermak

01 · Turlari

Qaysi plyonka kerak?

Plyonkani tanlab, qalinligi, rulon o‘lchami va narxini ko‘ring.

Glosspak H Hand stretch plyonkasi rulonlariOddiy

Qo‘lda o‘rash

Qo‘lda o‘rash plyonkasi

Ombor, do‘kon va kichik jo‘natmalar uchun plyonka. Mustahkam, qo‘lda oson tortiladi.

Batafsil: qo‘l uchun stretch plyonka
Qalinlik
17-30 mkm
Cho‘zilish
150% gacha
Rulon
500 mm · 3 / 5 kg

23 300 so‘mdan1 kg uchun

Narx so‘rash
Formatlar (4)
Qalinlik, mkmKenglik, mmRulon, kgVtulka, mm
17 mkm5003 / 550
20 mkm5003 / 550
23 mkm5003 / 550
30 mkm5003 / 550
Glosspak UH Ultra Hand stretch plyonkasi rulonlariYupqa · kam sarf

Qo‘lda o‘rash

Yupqa qo‘l plyonkasi

Oddiy 20 mkm li plyonkadek ushlaydi, lekin palletga taxminan uchdan bir qism kam ketadi.

Batafsil: qo‘l uchun stretch plyonka
Qalinlik
12-15 mkm
Cho‘zilish
250% gacha
Rulon
500 mm · 3 / 5 kg

23 300 so‘mdan1 kg uchun

Narx so‘rash
Formatlar (2)
Qalinlik, mkmKenglik, mmRulon, kgVtulka, mm
12 mkm5003 / 550
15 mkm5003 / 550
Glosspak M Machine stretch plyonkasi rulonlariOddiy

Mashinada o‘rash

Mashina plyonkasi

Pallet o‘rash mashinalari uchun. Bir tekis tortiladi, o‘rash paytida uzilmaydi.

Batafsil: mashina uchun stretch plyonka
Qalinlik
17-30 mkm
Cho‘zilish
400% gacha
Rulon
500 mm · 15-17 kg

23 300 so‘mdan1 kg uchun

Narx so‘rash
Formatlar (4)
Qalinlik, mkmKenglik, mmRulon, kgVtulka, mm
17 mkm5001576
20 mkm5001676
23 mkm5001676
30 mkm5001776
Glosspak UM Ultra Machine stretch plyonkasi rulonlariYupqa · kam sarf

Mashinada o‘rash

Yupqa mashina plyonkasi

Prestretchli, ya’ni plyonkani oldindan cho‘zadigan mashinalar uchun. Sarfni eng ko‘p kamaytiradi.

Batafsil: mashina uchun stretch plyonka
Qalinlik
12-15 mkm
Cho‘zilish
400% gacha
Rulon
500 mm · 15 / 16 kg

23 300 so‘mdan1 kg uchun

Narx so‘rash
Formatlar (2)
Qalinlik, mkmKenglik, mmRulon, kgVtulka, mm
12 mkm5001576
15 mkm5001676

qatlam
bitta plyonkada

02 · Plyonka

Yukni butun yetkazadigan yetti qatlamli plyonka

Glosspak plyonkasi yetti qatlamdan iborat, shu sababli yupqa bo‘lsa ham mustahkam. U bir tekis cho‘ziladi, qo‘lda o‘rashga ham, pallet o‘rash mashinalariga ham to‘g‘ri keladi.

  1. 01

    Mustahkam va cho‘ziluvchan

    Bir tekis cho‘ziladi va yukni siqib ushlaydi, palletdagi qutilar siljimaydi.

  2. 02

    Mashinaga mos

    Mashina plyonkasi 400% gacha cho‘ziladi va o‘rash paytida uzilmaydi.

  3. 03

    Kam sarf

    Yupqa plyonka bitta palletga kamroq ketadi. Shunda kamroq kilogramm olasiz va qadoqlashga kamroq pul sarflaysiz.

30%+oddiy plyonkaga nisbatan qadoqlash xarajati bir yilda shuncha kamayadi

03 · Tejash

Yupqa plyonka bilan qancha tejaysiz?

Kuniga nechta pallet o‘raysiz? Yillik tejashni darhol ko‘rsatamiz.

40dona

Yiliga tejash

50 328 000 so‘m

Hozir: 13 980 Yupqa plyonka: 9 786 so‘m / pallet

Aniqroq hisoblash

600

Sarf qanchaga kamayadi

Odatda 20-35% ga, yuk shakli va o‘rash sozlamalariga bog‘liq.

Hisob taxminiy. Aniq natijani bepul namunada o‘z palletingizda ko‘rsatamiz.

Bepul namuna so‘rash

04 · Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Qaysi qalinlik kerakligini qanday bilaman?

Pallet og‘irligiga qarang. 500 kg gacha yukka 17-23 mkm li, 1000 kg gacha yukka 23-30 mkm li plyonka kerak. Yupqa 12-15 mkm li plyonka mahsulot turiga qarab tanlanadi. Ikkilansangiz, namunada sinab ko‘ramiz.

Eng kam buyurtma qancha?

Ulgurji narx 50 kg dan boshlanadi. Undan kamiga ham sotamiz, lekin narx biroz yuqoriroq bo‘ladi.

Yetkazib berasizlarmi?

Ha. Toshkent bo‘ylab ertasi kuni yetkazamiz, 500 kg dan boshlab bepul. Viloyatlardagi mijozlar yukni ombordan o‘z transportida olib ketadi.

Qanday to‘lasa bo‘ladi? Hujjatlar berasizlarmi?

Naqd, bank kartasi yoki pul o‘tkazmasi orqali. Narxlar QQS bilan. Yuridik shaxslarga shartnoma va elektron hisob-faktura beramiz.

Sotib olishdan oldin sinab ko‘rsa bo‘ladimi?

Ha, bepul namuna beramiz. O‘z palletingizda sinab, sarf va mustahkamlikni solishtirasiz.

Stretch plyonka haqida

Stretch plyonka (streych plyonka deb ham yoziladi) yukni palletga mahkamlaydigan hamda chang va namlikdan saqlaydigan cho‘ziluvchan polietilen plyonkadir. U chiziqli past zichlikdagi polietilendan (LLDPE) tayyorlanadi. O‘ralganda cho‘zilib, yukni siqib ushlaydi va o‘ziga yopishadi.

Glosspak Toshkentdagi omboridan stretch plyonkani ulgurji sotadi. Qo‘lda o‘rash uchun 3 va 5 kg li rulonlar, pallet o‘rash mashinalari uchun 76 mm vtulkali 15-17 kg li rulonlar bor. Kengligi 500 mm, qalinligi 12 dan 30 mkm gacha. Toshkent bo‘ylab ertasi kuni yetkazamiz, 500 kg dan boshlab bepul. Viloyatlardagi mijozlar yukni ombordan o‘z transportida olib ketadi.

Stretch plyonka omborlar va logistikada, ichimlik va oziq-ovqat ishlab chiqarishda, qurilish materiallari, maishiy texnika va mebel savdosida ishlatiladi. Plyonkaga o‘ralgan pallet tashishda sochilmaydi, qutilar siljimaydi, yuk toza yetib boradi.

05 · Aloqa

Narxlar ro‘yxatini oling

Raqamingizni qoldiring, 15 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilamiz yoki narxlarni Telegramga yuboramiz.

Izohda yozsangiz, narxni tezroq aytamiz

  1. Plyonka turi va o‘rash usuli: qo‘lda yoki mashinada
  2. Kenglik, qalinlik va rulon og‘irligi (bilsangiz)
  3. Oylik hajm va shahringiz

Raqamingiz faqat shu so‘rov bo‘yicha bog‘lanish uchun ishlatiladi. Maxfiylik siyosati

Yoki messenjerda yozing, xabar matni tayyor:

+998 88 471 10 10